11 dekabr kuni Toşkent şahrining Yunusobod tumani, «Anorzor» MFYda «Öztransgaz» AJ vakillari va aholi örtasida tumanda tabiiy gazning bazaviy me'yorini joriy qiliş (limit) tajribasi masalasida uçraşuv ötkazildi.

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, sayyor uçraşuvda Toşkent şahri böyiça gaz ta'minoti hududiy filiali yetakçi muhandisi Odiljon Vaxabov loyiha haqida yiğilganlarga tuşuntiriş berib ötgan.

Uçraşuvda dastlab Vazirlar Mahkamasining şu yil 1 noyabrida tasdiqlangan 897-sonli qarori öqib eşittirilgan. Unga köra, aholi tomonidan sarflanadigan ortiqça tabiiy gaz uçun tölovlar orttirilgan koeffitsiyent, ya'ni limitdan oşsa (bir abonent uçun qiş mavsumida 1000 kub.m.) 1,2 darajada oşirilgan miqdorda tölanişi közda tutilgan.

Bu nima degani? Siz uyingizda gazdan 1000 kub.m. gaça hozirgi narxda foydalanasiz. Bu limitdan oşgan har bir kub.m. gaz uçun belgilangan narxdan 1,2 barobar köproq pul undiriladi. Bu orqali aholining tabiiy gazdan foydalanişdagi tejamkorligini oşiriş közda tutilgan.

Hukumat qarori öqib berilganidan söng, fuqarolar bilan savol-javoblar boşlandi. Bu yangilik böyiça e'tirozlar bildirildi.  

«Bizning hududdagi gaz moslamalari juda eskirgan. Siz aytayotgan limitlar bizga töğri kelmaydi. Eskiligi sabab iste'molda köp ketib qoladi. Bu limit qaytadan körib çiqilsa yaxşi bölardi. Tajriba deyapsiz. Undan oldin barçasini hisobga olib qiliş kerak edi. Bizning mahalla aholisi bunga tayyor emas», deydi «Anorzor» MFY raisi Sirojiddinov Zayniddin.

Boşqa faollar ham öz noroziliklarini bayon qilişdi.

«Bu ölçovni qayerdan oldingiz. Hali qiş kelmasidan uyni isitiş uçun 1200 kub.m. gaz sarflanmoqda. Hali qişning sovuq kunlari kelmasidan. Oziq-ovqat va boşqa ehtiyojlarimiz uçun ketadiganini hali aytmayapmiz», deydi fuqaro Niğmatilla Imomov.

«Hozirgi kunda odamlarning oylik maoşi va pensiyasi gaz, elektr energiyasi uçun ketib qolmoqda. Odamlarning şaroitlaridan kelib çiqib narxni belgilaş kerak emasmi? Jahon standarti deysizlar. Oyliklar ham siz aytgan davlatlar darajasida bölsin unda. Limitni belgilaşda şularni inobatga oliş lozim emasmi? Bir uyda 3-4ta xonadon yaşaydigan uylar ham bor. Ularning ahvoli nima böladi? Ularga ham xonadoniga qarab 3-4 ming kub.m. sifatida belgilanişi kerak-ku?», deya e'tiroz bildirdi sobiq mahalla raisi Husan Ibragimov.