31 iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonçalari va sport öyingohlari hududlaridagi quriliş holatlari, xususan 271-maktab hududidagi ob’yekt közdan keçirildi.

Örganişlar davomida maktab hududidagi yer uçastkasi hamda bino-inşootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat röyxatidan ötkazilgani, hududda özboşimçalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi aniqlandi.

Şuningdek, davlat-xususiy şeriklik bitimi va ijara şartnomasi asosida " ASIAN SCHOOL" MÇJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgani ma’lum böldi.

Örganiş yakunlariga köra, tunuka bilan öralgan hudud demontaj qilinib, yer uçastkasi avvalgi holatiga qaytarildi.

Avvalroq Mirobod tumanidagi bolalar maydonçasi örnidagi noqonuniy quriliş yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar qilingandi.