Almazbek Atamboyev Qirğiziston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarini qöpol ravişda buzib, qonun doirasidagi tergov tadbirlarini ötkazişga keskin qarşilik körsatdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 8 avgust kuni Qirğiziston Respublikasi xavfsizlik kengaşi yiğilişida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Jeenbekov Qirğiziston Respublikasi huquqiy davlat ekanligini ta'kidladi. Davlatning vazifasi - barça fuqarolar tomonidan qonun talablariga qat'iy rioya qilinişini ta'minlaş.
«Davlat rahbari xavfsizlik kengaşi a'zolariga murojaat qilib, mamlakatda qonun ustuvorligi, tinçlik va xavfsizlikni saqlaş uçun barça çoralarni köriş zarurligini ta'kidladi. Şu sababli şoşilinç çoralar köriş kerak», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Vaziyat yuzasidan Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Orozbek Opumbayev, içki işlar vaziri Qaşqar Junuşaliyev, boş prokuror Otkurbek Djamşitov ma'lumot berişdi.
Majlis yakunlari böyiça tegişli qaror qabul qilindi.
Boşqa tafsilotlar noma'lum.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Atamboyevning qarorgohi şturmi vaqtida 48 kişi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangçisi halok bölgan, viloyat militsiyasi rahbari boş miya-çanoq jarohati olib, komaga tuşgan. Maxsus kuçlar sobiq prezidentni uşlaşning uddasidan çiqişmagan.
Atamboyev maxsus kuçlarni ogohlantirdi, Jeenbekov xavfsizlik kengaşini çaqirtirdi











