Qirğizistonning Rossiyadagi elçixonasi Rossiya TIVga «nomaʼlum şaxslarning firibgarlik harakatlari oqibatida» Rossiya armiyasiga tuşib qolgan öz fuqarosini vataniga qaytariş talabi bilan nota yölladi. Bu haqda Qirğiziston TIV saytida maʼlum qilindi.

Elçixona mazkur holat yuzasidan «har tomonlama tekşiruv» ötkaziş, aybdorlarni aniqlaş hamda ularni qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortişni ham talab qilgan.

Bayonotda respublika fuqarosining ism-şarifi keltirilmagan, faqatgina boş harflari – «E.T.» ekani keltirilgan.

OAV yozişiça, gap Talas viloyatidan bölgan 21 yoşli Elistan Toktogulov haqida bormoqda.

Jurnalistlar maʼlumotiga köra, 2026-yil kuzida Toktogulov ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi iş böyiça eʼlonni uçratgan: özini qirğizistonlik deb taniştirgan şaxs bir neça vakansiya taklif qilgan, bular orasida yuk maşinasi haydovçisi va qöriqçi bölib işlaş takliflari bölgan, 110 ming rublgaça (taxminan 1350 dollar) maoş vaʼda qilingan.

Toktogulovning yaqinlari aytişiça, Rossiyaga yetib borganida unga aldov yöli bilan RF mudofaa vazirligi bilan şartnomani imzolatişgan.

Hozirda u Voronej oblastidagi poligonda bölib turgani va harbiy harakatlar hududiga yuborişdan oldin tayyorgarlikdan ötkazilayotgani aytilmoqda.

3-noyabr kuni yigitning qarindoşlari Manasda piket uyuştirişdi va videomurojaatda Mamlakat rasmiylaridan Toktogulovni uyiga qaytarişda yordam söradi.

Qirğiziston TIV elçixona E.T.ning qarindoşlari bilan doimiy aloqada ekanini va uşbu masalani «alohida nazoratda» uşlab turganini taʼkidladi.

Vazirlik, şuningdek, qirğizistonliklarga «ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini oliş maqsadida» şartnoma va boşqa bitimlarni imzolaşdan oldin ularning mazmunini sinçkovlik bilan örganib çiqişni tavsiya qilgan.

  • Avvalroq Qozoğiston hukumati ham öz fuqarolarini Rossiya armiyasidan qaytarib olişga erişgandi. Sentabr oyida Ostona Rossiyaga işlaş uçun kelgan yoşlarni majburiy yollaş haqidagi xabarlardan söng Moskvaga diplomatik nota yuborgan, oktabr oyida 10 dan ortiq qozoğistonlik uyga qaytarilgandi.