Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni 2021 yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan selektor ötkazdi.

Yiğilişda qatnaşgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşliq soha mutasaddilariga viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda 5,5 mingga yaqin ta'mirtalab katta-kiçik köpriklarni rekonstruksiya qiliş böyiça «manzilli dastur»ni tasdiqlaş vazifasini topşirdi.

Prezident buning uçun avvalo işçi guruhi tuzilib, ikki hafta muddatda barça köpriklar qayta xatlovdan ötkazilişi zarurligini ta'kidladi.

Şu asnoda Şavkat Mirziyoyev Kun.uz sayti kötarib çiqqan Şahrixon tumanidagi eski köprik muammosi qanday hal etilayotgani bilan qiziqdi.

«Abdurahmonov, internetda çiqqan «alvastiköprik» masalasi nima böldi?» – deya Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovga yuzlandi davlat rahbari.

«Köprik bilan şaxsan özim şuğullanyapman, muhtaram prezident. Tez orada qurilişini yakunlaymiz va foydalanişga topşiramiz», – deya javob qildi hokim.

«Ramatov, köpriklarni bittalab körib çiqiş va egalariga topşiriş kerak. Hokimiyat bölsa hokimiyatga, yöllardan foydalaniş boşqarmasi bölsa ularga. Şunday qiliş kerakki, egasiz köprik bölmasin», – deya boş vazir örinbosariga topşiriq berdi Şavkat Mirziyoyev.

«Şahrixondagi alvastiköprik: mahalla ahli neça yillarki yangi köprikdan umidvor» sarlavhali videomaqolani Kun.uz 1 fevral kuni e'lon qilgan edi.

Maqolada tumandagi Qörğonça MFYning Fayziobod mahallasi yonidan oqib ötuvçi Şahrixonsoy ustiga bundan 55 yil muqaddam qurilgan köprik yaroqsiz holatga kelib qolgani haqida söz boradi.

Köprik maktabga qatnaydigan bolalar uçun ayniqsa xavfli bölib, mahalla ahli yangi köprik qurilişini sörab, yillardan buyon mas'ullarga murojaat qilib keladi.