Kun.uz tahririyatiga Andijon viloyati Şahrixon tumanida istiqomat qiluvçi fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Ular tumandagi Qörğonça MFY Fayziobod mahallasi yonidan oqib ötuvçi Şahrixonsoy ustiga qurilgan köprik yaroqsiz holatga kelib qolgani, bu odamlarga katta qiyinçiliklar tuğdirayotganini bayon qilişgan.
Biz masalani örganiş uçun Şahrixon va Böston tumanlari kesişgan joyga bordik. Fuqarolar murojaatida tilga olingan köprik şu yerda; Fayziobod mahallasida yaşovçi aholi şu köprik orqali Andijon–Qöqon yölining Böston tumanidan ötgan qismiga çiqib borar ekan.

Köprikka ötiş uçun örmon xöjaligiga qaraşli daraxtzor orasidan qariyb 300 metrça keladigan yöl oçilgan. Şu yöldan kirib borib, soy böyida öng tomonga qarab 50–60 metr yurilsa, öşa köprik oldidan çiqiladi. Undan ötsangiz, salkam 50 xöjalik, 300 nafar aholi yaşaydigan Fayziobodga kirib borasiz.
Bu mahallada yaşovçilarning deyarli barçasi öz xonadonida çorvaçilik bilan şuğullanadi. Ya'ni tomorqasida mol-qöy boqib, şundan daromad oladi. Mahalla ahlini köprik va toza içimlik suvi muammolari qiynab keladi.




Mahalla keksalarining aytişiça, bu joylarda ötgan asrning örtalarida sobiq kolxozga qaraşli çorvaçilik ferma, uning atrofi keng dalalar bölgan. Fermada qariyb 90–100 nafardan işçi mehnat qilgan. Ular uzoqroqdagi mahallalardan kelib işlaşgan. Har kuni kelib-ketaveriş köpçilikni qiynab qöygan. Şu bois ferma atrofidan işçilarga navbatma-navbat yer berilgan va tez orada bu yerlarda yangi uylar qurila boşlagan. Şu tariqa, yangi mahalla paydo bölgan.
Şahrixonsoy ustidagi köprik ham öşa kezlarda qurilgan.
Mahalladagilarning aytişiça, ular köprikni yangilab berişni sörab tuman va viloyat hokimliklariga bir neça marta murojaat qilişgan. Mahalla oqsoqoli murojaatlarga taalluqli hujjatlarni birma-bir körsatdi. Bu murojaatlar yuzasidan va'dalar berilgan, lekin hozirgaça natija bölgani yöq.
«Men 36 yildan beri mahalla oqsoqoliman. Hududga dastlab beşta xöjalik köçib kelganmiz. Mana hozir 50 xöjalikka yetib qoldik. 300 nafardan ortiq fuqaro bor.
Mana şu köprigimiz qurilganiga 55 yil bölib qoldi. Sobiq SSSR paytida qilganmiz. Hozir prezidentimiz rahnamoligi bilan obod quriliş işlari bölyapti, obod dasturlar bölyapti. Şundan ilhomlangan holda men viloyat hokimiga ariza qildim.
Birinçi masalam – köprik, ikkinçisi – içimlik suvi. Uçinçisi – stolbalar. Ular ham 55 yillik yoğoç stolbalar, çirib yotibdi, şamol bölsa simlar uziladi, qayerdandir montyorlarni olib kelib ulatib yoruğlik qilamiz. Xavfli holatda, ham tomdan tomga ötgan.

Tuman hokimligiga ham arizalar qilganman, isboti uçun rasmlari bilan. 7 yildan beri murojaat qilyapman.
Qabristonimiz örmon xöjaligi içida. Öligimiz ham, tirigimiz ham şu köprikdan ötadi. Ambarni kötarib, navbatma-navbat olib ötamiz. Tuşib ketmasin deymiz», – deydi Abdumannob ota Ismonov.

Köprik boşida mahallada yaşovçi boşqa fuqarolar bilan suhbatlaşdik. Ular farzandlarini avariya holatidagi köprikdan maktab, boğçaga ötiş uçun qiynalayotganidan arz qilişdi. Ota-onalar öquvçi bolalari maktabdan keç qolişsa, köprik boşida xavotir bilan kutib turişar ekan.
Köprikni aholi yillar davomida ustma-ust taxta qoqib, yamab turadi. Qiş kunlari yoğingarçilikda sirpançiq köprik ustidan ötiş yana ming azob. Töy va boşqa marosimlarda ayniqsa qiyin.
Avtomobili borlar ulovini soyning u betiga qöyib, piyoda ötadi.
«Yoğingarçilik kunlari bu tomonga yurib bölmaydi. Bemalolçilik kunlarida yursa böladi. Yoğingarçilik bölgan kuni maşinani şu yerga qöyib ketamiz. Anavi yerda bir oila yaşaydi, ularga maşinaga qarab turinglar, deb ötib ketamiz. Yoz kunlarida u yoqdan ötamiz, lekin qiş kunlarida umuman ötişning iloji yöq u tomondan. Xavfli, soy böyi. Yöllar ham öydim-çuqur, loy, botqoq bölib yotibdi.

Soyda suv köpayganda suv köprigimizning ustidan oşib ötadi. Yoz, qiş kunlarida ham şunaqa bölib ketadi. Şuni keçib ötamiz ba'zi paytlarda. Maktabda öqiydiganlar ham şu yerdan keçib ötadi», – deydi Rajabali Xonkeldiyev.

Muxtasar qilib aytganda, Fayziobodning 300 nafar aholisi «katta yer» bilan boğlab turuvçi köprik örniga yangisi qurilişini, içimlik suvi va elektr tizimi muammolari hal bölişini kutmoqda. Viloyat va tuman mutasaddilari masalalar yeçimini ortiq kuttirmaydi, deb umid qilamiz.
Elmurod Ermatov
Jahongir Mahmudov











