Köprik Siçan - Şangri-La tezyurar avtomagistrali tarkibiga kiradi. Toğli hududda yirik konstruksiyalarni balandlikka kötariş va örnatiş yuqori aniqlikni talab qiladi.
Qurilişda Zoomlion kompaniyasining R4300-200 rusumli ikkita minorali kranidan foydalanilmoqda. Köprikning har bir asosiy tayançi uçun bittadan kran ajratilgan. Ularning maksimal yuk kötariş quvvati 200 tonna, quloçi uzunligi esa 80 metrga yetadi.
Kompaniya maʼlumotiga köra, kranlarda boşqaruv va xavfsizlikka oid 20 dan ortiq intellektual funksiya mavjud. Ular orasida töqnaşuvlarning oldini oliş, yuk oğirligiga qarab işlaş tezligini avtomatik moslaştiriş va osilib turgan yukning öz-özidan pastga tuşib ketişini çeklaş tizimlari bor.
Bu imkoniyatlar, ayniqsa, Şangri-La tomonidagi tayançning sönggi 103 metrlik qismini qurişda muhim bölgan. Quruvçilar markaziy köndalang tösin ustiga yakuniy pölat va beton seksiyalarni örnatişi kerak edi. Özgaruvçan şamol esa yukni barqaror uşlab turiş va konstruksiya qismlarini aniq tutaştirişni qiyinlaştirgan.
Operatorlar videokameralar orqali iş jarayonini kuzatib, kranlarni yerdan turib masofadan boşqargan. Bu örnatilayotgan qismlarni yaxşiroq köriş va montaj paytida zarur tuzatişlarni kiritiş imkonini bergan.
Zoomlion bayonotiga köra, tayanç seksiyalarini kötariş va örnatiş işlari xavfsiz bajarilgan. Kompaniya köprikning umumiy uzunligi va harakat uçun qaçon oçilişini maʼlum qilmagan.

















