Naked Science naşrining yozişiça, oğir yuk kötaruvçi dron 5-raqamli tayanç minora tepasidan havoga kötarilib, diametri 2,5 millimetr va uzunligi 1 700 metr bölgan trosni olib ötgan. Tros yuqori mustahkamlikka ega Dyneema tolasidan tayyorlangan.

Dron kemalar serqatnov böğozni 10 daqiqada kesib ötib, trosni 4-raqamli tayanç minoradagi belgilangan nuqtaga yetkazgan. Şu tariqa Sezi va Szintan orollari sohillaridagi ikki asosiy tayanç özaro boğlangan.

Bu işlar köprik qurilişi uçun zarur bölgan osma iş yölakçasini örnatişga kirişiş imkonini beradi. Keyinçalik mazkur yölakça orqali köprikning yuqori konstruksiyalarini montaj qiliş işlari olib boriladi.

Asosiy oraliq - 1 488 metr

Sixoumen köprigining asosiy qismi vantali va osma konstruksiyalarni birlaştirgan usulda quriladi. Asosiy oraliq uzunligi 1 488 metr, köprik qatnov qismining kengligi esa 68 metr böladi.

Manbaga köra, quriliş yakunlangaç, u dengiz ustidan ötkazilgan dunyodagi eng keng köprik bölişi kutilmoqda. Şuningdek, inşoot vantali va osma tizimlar uyğunlaştirilgan köpriklar orasida ham rekord örnatişi rejalaştirilgan.

Loyiha temiryöl-avtomobil köpriklari orasidagi eng katta asosiy oraliq, eng katta kenglik va eng baland asosiy tayanç minoralar kabi körsatkiçlar böyiça jahon rekordlariga daʼvogar. Qoyaga mahkamlanadigan anker tizimi va burğilab quyiladigan qoziqlar asosidagi poydevor ölçamlari ham rekord darajada bölişi közda tutilgan.

Nega dron tanlangan?

Yönaltiruvçi tros keyingi tortiş arqonlari va montaj elementlarini köprik oraliğidan ötkaziş uçun xizmat qiladi. Bunday işlarda vertolyot, kema yoki dronlardan foydalaniş mumkin.

Sixoumen akvatoriyasida kuçli şamol, baland tölqinlar va intensiv kema qatnovi qurilişni murakkablaştiradi. Şu sababli Ningbo-Zhoushan Railway va China Railway Major Bridge Engineering Group mutaxassislari turli usullarni taqqoslab, drondan foydalanişni tanlagan.

Bu usul tayyorgarlik va havodagi işlar vaqtini qisqartirib, xalqaro kema qatnovi yölida harakatni çeklaş muddatini kamaytiriş imkonini bergan.

Köprikdan poyezdlar va avtomobillar ötadi