08:21 / 27.08.2022
29958

1 sentabrdan mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati o‘zgaradi

Foto: Shutterstock

2022 yil 1 sentabrdan yengil avtomototransportlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgaradi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.

Yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:

  • ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

Bunda, mazkur muddatlar tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

Top