Ularning bolaligi, maktab yillari, kasb tanlaşi, oila qurişi va farzandli bölişi kabi muhim masalalar mustaqillik yillarida keçdi. Şuning uçun 1991-yilda tuğilganlar hayoti orqali Özbekistonning sönggi 35 yilda qanday özgarganiga nazar taşlaş mumkin.
723 mingdan ortiq tuğiliş qayd etilgan yil
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 1991-yilda Özbekistonda 723,4 mingta tuğiliş qayd etilgan. 2025-yilda esa mamlakatda 879,6 mingta tuğiliş rasmiylaştirilgan. Bu ikki raqam orasidagi farq aslida juda katta, çunki 1991-yil boşida mamlakat aholisi 20,6 mln nafar atrofida edi, 2026-yilda esa 39 milliondan oşgan.
Aholining joylaşuv tarzi ham özgardi: şahar aholisining uluşi 1991-yil boşida 40,3 foiz bölgan bölsa, hozir 55 foizga yetgan. Bu raqamlardan köriş mumkinki, 1991-yilda tuğilgan avlod ulğaygan sari mamlakatning özi ham “kattalaşib” bordi.
Bir avlod körgan özgarişlar
1991-yilda tuğilgan bola maktab yoşiga yetganida mamlakat mustaqillikning dastlabki yillarini boşdan keçirayotgan edi. Ularning bolaligi hozirgi smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va doimiy internetsiz ötgan. Kasseta va disklardan kompyuterlarga, oddiy telefonlardan smartfonlargaça bölgan texnologik özgarişlar aynan şu avlodning bolaligi va yoşligi davrida yuz berdi. Bugun esa internet, onlayn xizmatlar, elektron tölovlar va ijtimoiy tarmoqlar kundalik hayotning oddiy qismiga aylangan.
Bu jihatdan 1991-yilda tuğilganlarni ikki dunyo örtasida ösgan avlod deyiş mumkin: ular internetsiz bolalikni ham biladi, raqamli muhitda esa farzand tarbiyalayapti. Hozirgi bolalar uçun internetsiz dunyo qanday bölganini tasavvur qiliş qiyin bölsa, 1991-yil avlodi bu global transformatsiyani şaxsan boşdan keçirgan.
Bu avlod uçun nimalar muhim?
1991-yilda tuğilganlar sovet davrida şakllangan katta avlod bilan mustaqil Özbekistonda tuğilib, ulğaygan yoşlar örtasidagi ötiş avlodi böldi. Ularning ota-onasi sovet davri odamlari edi, bu avlod uçun esa mustaqillik davri – ularning butun hayoti keçgan muhit. Ular şu davrda maktabga bordi, kasb tanladi, oliy taʼlim oldi, birinçi işiga joylaşdi va oila qurdi.












