Suhbat avvalida Özbekiston yetakçisi Pokistonni Şanxay hamkorlik taşkilotiga raislikni qabul qilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

Joriy yilning fevral oyida Islomobodga amalga oşirilgan tarixiy taşrif va bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvlar ikki davlat munosabatlarini yangi sifat bosqiçiga kötargani alohida qayd etildi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika böyiça hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş borasida fikr almaşildi.

Uçraşuvda hududlararo hamkorlik va gumanitar yönalişdagi aloqalarni rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilda Xiva şahrida Hududlararo forum ötkazişga tayyorgarlik körilayotgani hamda Pokistonda Özbekiston madaniyati va kinosi kunlarini taşkil etiş rejalaştirilayotgani qayd etildi.

Töqimaçilik, tibbiyot, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va boşqa muhim sohalardagi loyihalarni jadallaştiriş maqsadida qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.