Oltinsoyda sodir etilgan YTH yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormoqda. Surxondaryo viloyati YHXB hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yil 18-oktabr kuni soat 8:20 larda Oltinsoy tumani Yangi quriliş mahallasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX inspektori haydovçilik huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan boşqarilayotgan va qonuniy töxtaş işorasiga böysunmay harakatini davom ettirgan Captiva maşinasi ortidan xizmat maşinasida kuzatib borgan.
Şu payt Captiva haydovçisi malakasizligi sababli asosiy yöldan harakatlanib kelayotgan Gentra maşinasi yöliga çiqib ketib, YTH sodir etgan. Oqibatda, Gentra haydovçisi tan jarohati olib, tumani tibbiyot birlaşmasiga yetkazilgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, Surxondaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Kun.uz avvalroq uşbu YTH haqida xabar bergandi. Gentra haydovçisining akasi maşinada 5 kişi bölganini, jarohatlanganlar holidan heç kim xabar olmaganini, maşinaga ham jiddiy zarar yetganini aytgandi.

















