Toşkentdagi Quyoş energiyasi xalqaro instituti Xitoyning «Henan Suda» kompaniyasi elektromobillarini Özbekiston şaroitida sinaş işlarini olib bormoqda. Şu maqsadda 2019 yilda 20 ta elektromobil, zaryadlaş qurilmalari va ehtiyot qismlari olib kelingan.
Institut direktori örinbosari Jobir Ahadovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qilişiça, uşbu elektromobillarning yoqilği xarajatlari benzinda harakatlanadigan avtomobillarga qaraganda 10 barobar, gazda yuradigan maşinalarga nisbatan 5 barobar kam.
«Ehtiyot qismlarining soni ham 10 barobar kam. Avtomobil buzilib, ta'mirlaşga muhtoj bölib qolişi ehtimoli ança past.
Bu avtomobillarni sinov tariqasida, texnik hamkorlik asosida olib keldik. Hozirda respublikamizdagi kontinental iqlimiy şaroitga çidaş darajasi qandayligi, yozning issiği, qişning sovuğiga bardoş berişi örganilyapti. Yozning issiq kunlarida judayam yaxşi yurdi. Endi qişda sinaymiz.

Avtomobilga 40 kVt quvvatli generator örnatilgan. Tezligi yuqori. 5-6 sekundda 100 km/s tezlikka kötarila oladi. Eng yuqori tezligi esa 220 km/soat.
Akkumulyator töliq quvvatlansa, 300 kilometrgaça harakatlana oladi. Xitoyda bu avtomobilning yangi versiyalarini ham işlab çiqariş boşlangan. Ular töliq zaryad bilan 500-600 km uzoqlikka yura oladi. Kelgusida yangi rusumdagi avtomobillarni ham olib kelib sinaş niyatimiz bor.
Narxi bizning maşinalardan köra qimmatroq, bunda akkumulyatorning narxi asosiy örin tutadi. Uyda 220 voltli zaryadlaş qurilmasida yoki 380 voltli katta zaryadlaş stunsiyasida quvvatlaş mumkin.


Bir marta töla quvvatlaş uçun 40 kVt energiya talab etiladi, bu esa 300 sömdan bölganda, 12 ming sömga teng böladi. Demak, 12 ming sömlik tok bilan avtomobil 300 km yuradi. Asosiy yutuği şunda.
Lekin buni kamida bir yil sinaş kerak. Yozning oxiri, kuz oylarida sinadik, endi qiş-bahor oylarida ham sinaymiz. Akkumulyatorlar sovuq iqlimga qançalik bardoş beradi, sovuq havoda avtomobil qanaqa yuradi, şularni sinaşimiz kerak.











