2020 — 2022 yillarda Farğona viloyatining Marğilon va Qöqon şaharlarida sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohalarini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati e'lon qilindi.
Hujjatga köra, «Shaffof omadli sanoat» MÇJ tomonidan elektromobil işlab çiqarişni taşkil etiş muddati 2022 yilning 1 oktabr kuni etib belgilandi.
Zavod quvvati yiliga 2 ming dona elektromobil böladi. Loyihaning umumiy qiymati - 40 mln dollar, jumladan, 24 mln dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyadan hisobidan. Hujjatga köra, elektromobillar işlab çiqarişni taşkil etiş natijasida 300ta iş örni yaratiladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentabr oyi örtalarida prezident Şavkat Mirziyoyev «Qöqon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qöşma korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e'tibor qaratgandi. Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQŞ dollari bölib, şundan 24 million dollari xorijiy investitsiya ekani bildirilgan.
Hisob-kitoblarga köra, işlab çiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida böladi. Ular neft mahsulotlari çeklangan şaroitda muhim ahamiyat kasb etadi.

















