Prezident Şavkat Mirziyoyev «Qöqon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Şaffof omadli sanoat» qöşma korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan taşkil etilgan uşbu erkin iqtisodiy hudud qariyb 710 gektar maydonda joylaşgan. Bu yerda maşinasozlik, töqimaçilik, elektr texnikasi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, çarm-poyabzal va boşqa tarmoqlarda umumiy qiymati 180 million dollarlik 94 ta investitsiyaviy loyiha amalga oşirilmoqda. 

Bugungi kunda 52 million dollarlik 29 ta loyiha foydalanişga topşirilgan, 1 ming 700 ga yaqin iş örinlari taşkil etilgan. Joriy yilning sakkiz oyida erkin iqtisodiy zona rezidentlari tomonidan jami qiymati 407 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 3,3 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

«Şaffof omadli sanoat» qöşma korxonasi davlat rahbarining joriy yil maydagi taşrifi asnosida işlab çiqilgan Farğona viloyatini 2019-2020 yillarda rivojlantiriş böyiça hududiy investitsiya dasturi doirasida taşkil etilgan.

Bu yerda yiliga 230 ming dona metan va 250 ming dona propan uskunalari, 300 ming dona butlovçi va ehtiyot qismlar işlab çiqariladi. 

Hisob-kitoblarga köra, bu yiliga 20 million dollar miqdoridagi import örnini töldiriş imkonini beradi. Şuningdek, qöşni davlatlarga 60 million dollarlik mahsulot eksport qiliş ham rejalaştirilgan.

Mazkur korxonada kelgusi yildan yuk taşuvçi karalar, 2021 yildan elektromobillar işlab çiqariş möljallanmoqda.
 
Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e'tibor qaratdi.

Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQŞ dollari bölib, şundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.