Özbekistonda utilizatsiya yiğimini joriy qiliş rejalaştirilayotgani iyun oyida ma'lum bölgan edi. Işlab çiqaruvçilar, şuningdek, xorijdan transport vositalari olib kirayotgan kompaniyalar va jismoniy şaxslar uşbu yiğim tölovçilari bölişadi.

Joriy yilning 11 oktabr kuni Oliy Majlis Senati utilizatsiya yiğimini joriy qilişga imkon beruvçi qonun qabul qilgani haqida xabar berildi. Loyiha 8 qonun va 4 kodeksga kiritiladigan özgartişlarni öz içiga olgan bölib, ayni vaqtda davlat rahbari tomonidan imzolanişi kutilmoqda.

Mazkur yiğim joriy etilişi avtomobil bozoriga (jumladan bojxona stavkalarida yuz bergan yaqindagi özgarişlar doirasida) qanday ta'sir körsatişini örgandik.

Dastlab avtomobil import qiluvçilarning dilerlik markazlariga murojaat qilib, ularning utilizatsiya yiğimi joriy etilişi masalasidagi fikrlarini tingladik.

Roodell (Lada, Kia, Renault) kompaniyasi boş direktori Daniyar Davletiyarov quyidagilarni ma'lum qildi: «Ha, albatta, uşbu masala biz uçun juda muhim. Biz diqqat bilan yangiliklarni kuzatib bormoqdamiz. Agar boşqa davlatlarga nazar solsak, masalan, Qozoğiston va Rossiya Federatsiyasida avtomobillar uçun utilizatsiya yiğimi uşbu mamlakatlar JST (Jahon savdo taşkiloti) a'zoligi töğrisida e'lon qilinganidan hamda avtomobillarga nisbatan bojxona bojlari pasaytirilgandan söng, ya'ni bozor oçilgandan keyin joriy qilingan edi. Yiğim mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilarni himoya qiliş va import qilinuvçi avtomobillar uçun bojxona bojlari pasaytirilişi natijasida budjetga tuşmagan daromadlar örnini qoplaş uçun joriy qilingandi.

Avtomobillar narxi özgarişi masalasi xususida gapirsam:

- import qilinadigan avtomobillarning narxlari utilizatsiya yiğimi+QQS (yiğim uçun) miqdorida kötariladi;

- mamlakatimizda işlab çiqarilgan modellar narxi özgarmaydi, çunki davlat uşbu tölovlarni qaytaradi, yoki umuman ularni uşlab qolmaydi (RF va Qozoğistonda aynan şunday holat kuzatilmoqda).

Xulosa qilib aytganda, muhokama qilinayotgan «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonun loyihasi utilizatsiya yiğimi joriy qiliş huquqini beruvçi qadam böladi, xolos. Yiğimning özi esa yangi yengil avtomobillar bozori erkinlaştirilişi bilan kiritilişi mumkin».

Import qiluvçilar utilizatsiya yiğimi ularning avtomobillarining narxini oşiradi deb hisoblaşadi.

Bu haqda «Özavtosanoat» qanday fikrda? 2019 yil 10 sentabr kuni kompaniya vakili Rustam Qodirov «Adolat» SDP fraksiyasi yiğilişida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlangani haqida gapirib ötdi. Uning sözlariga köra, import qilinuvçi avtomobillar stavkalari 2 baravarga pasaytiriladi, buning oqibatida avtomobillar narxlari özgarmaydi. Şu sababli ular uçun utilizatsiya yiğimi joriy qilinişini qöllab-quvvatlaşini ta'kidladi.