Davlat statistika qömitasi yanvar-iyun oylarida Özbekistonga import qilingan maşinalar va transport asbob-uskunalari töğrisida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, aniq sohalar uçun maxsus möljallangan maşinalarga 916 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uçun 467,6 mln dollar tölangan.

Şuningdek, avtomobillar, asosan yölovçilarni taşiş uçun möljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kişini taşişga möljallangan transport vositalaridan taşqari) 239,1 mln dollarga tuşgan. Sanoat uçun maxsus bölmagan maşinalar va ularning detallariga 759,8 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yoziş va eşittiriş apparaturalari va uskunalariga 282,2 mln dollar ketgan bölsa, elektr maşinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 310,9 mln dollarga tuşgan.