O‘zbekiston | 15:40 / 28.03.2019
34591
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident BAA safaridan keyin Buxoroga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida 29 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 mart kuni Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida tashrif buyurishi rejalashtirilyapti», — deyiladi Buxoro teleradiokompaniyasining Telegram’dagi kanali xabarida.

Prezident 24 martdan buyon Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston prezidenti respublika hududlari bo‘ylab tashriflarining navbatdagi bosqichini 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish bilan boshlagandi. Prezident o‘tgan yilning 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bo‘lgandi. 13-14 dekabr kunlarida esa Qashqadaryo viloyatiga tashrif amalga oshirildi.

Prezident joriy yil boshidan buyon Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida ham bo‘ldi.

Mavzuga oid