Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida öziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Bular – xalq içiga kirib, odamlar hayotini bevosita közdan keçiriş, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eşitiş, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanişib, dolzarb masalalarni hal qiliş, istiqbolga möljallangan vazifalarni belgilab beriş.

Qayd etilişiça, şuning uçun davlat rahbari mamlakat hududlariga tez-tez safar qiladi. Şunday safarlarning navbatdagi bosqiçi boşlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpoğiston.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga jönab ketdi, deyiladi xabarda.

Taşrif doirasida şu paytgaça bajarilgan işlarni tahlil qiliş, barça sohalarni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilişi zarur bölgan ustuvor yönalişlar va dolzarb vazifalarni belgilab oliş rejalaştirilgan. 

Eslatib ötamiz, davlat rahbari sönggi bor Qoraqalpoğistonga ötgan yilning dekabr oyi örtalarida safar qilgandi.