Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, davlat rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018 yillardagi tashriflar chog‘ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy obektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
09:27
Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi ochiladi
21:34 / 10.02.2026
Xitoyning cho‘llanishga qarshi kurash tajribasi Navoiyda qo‘llanadi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025