Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga taşrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, davlat rahbari bu yerda «Sirdaryo universal oyna» korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uçun şişa idişlar işlab çiqariş jarayoni bilan tanişmoqda.
Taşrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston şaharlariga boriş, sanoat, qişloq xöjaligi, quriliş sohalarida amalga oşirilgan işlarni közdan keçiriş rejalaştirilgan, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning aprel oyi boşlarida Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurgandi.











