Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
29 oktabr tuni va 30 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
AQSh davlat departamenti Istanbuldagi xodimlari oilalariga AQShga qaytishni buyurdi
Foto: © AP
AQSh davlat departamenti AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimlari qarindoshlariga terrorchilik guruhlari jangarilari tomonidan hujum qilinishi mumkinligi sababli AQShga qaytishni buyurdi.
>>> Batafsil.
Liviyada avtomobil portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Foto: today.ng
Liviyaning Bengazi shahrida avtomobil portlatilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jabrlandi.
>>> Batafsil.
Islandiyada parlament saylovlarida Mustaqillik partiyasi yetakchilik qilmoqda
© RIA Novosti. Vladimir Vyatkin
Islandiyadagi parlament saylovlarida 80 foiz byulleten hisoblab chiqilgandan keyin Mustaqillik konservativ partiyasi yetakchilik qilmoqda.
>>> Batafsil.
Olimlar: sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin
© REUTERS/ Fayaz Aziz
Olimlarning fikricha, sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin va u Rossiya va AQSh o‘rtasida emas, balki Hindiston va Pokiston o‘rtasida boshlanadi.
>>> Batafsil.
Angliyadagi eng qadimiy mehmonxona yonib ketdi
Foto:© EPA/DEVON AND SOMERSET FIRE AND RESCUE SERVICE
Angliyaning eng qadimiy mehmonxonasi Royal Clarence Devon grafligidagi Ekseter shahri markazini qamrab olgan yong‘inda butkul vayron bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Shimoliy Koreyada 100 dan ko‘proq odam toshqin qurbonlariga aylandi
Foto:newsland.com
Shimoliy Koreyada toshqin sababli 138 kishi halok bo‘ldi, yana 400 kishi bedarak yo‘qoldi.
>>> Batafsil.
Turk lirasi tarixiy minimumgacha qadrsizlandi
Foto: Reuters
Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 28 oktabrdagi savdolar vaqtida yangi anti-rekord o‘rnatdi: dollarning liraga nisbatan eng katta qiymati 3,1273 lirani tashkil qildi.
>>> Batafsil.
Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin
Foto: iStockphoto
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining 2017-2019 yillarga bergan prognoziga ko‘ra, Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin.
>>> Batafsil.
2017 yilda O‘zbekiston YaIM 7,8 foiz o‘sishi kutilayapti

O‘zbekiston hukumati 2017 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda.
>>> Batafsil.
Dubay dengiz sohili dunyodagi eng yaxshi deb e'tirof etildi
Foto: russianemirates.com
Yangi matematik tenglama Dubay qirg‘oq bo‘yini dunyodagi eng yaxshi sohil deb topildi.
>>> Batafsil.
"Rembo" filmining yangi qismi suratga olinadi
Foto: consequenceofsound.net
"Rembo" filmining yangi qismi uning bosh yulduzi – aktyor Silvestr Stallonesiz suratga olinishi ma'lum qilindi.
>>> Batafsil.
2018 yildan boshlab ralli-krossda elektrokarlar poygasi joriy qilinadi
Foto: motor.ru
2018 yildan boshlab Amerikaning Red Bull Global Rallycross (GRC) ralli-kross chempionatida elektrokarlar poygalari joriy qilinadi.
>>> Batafsil.
"Barselona" o‘z maydonida "Granada"ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Twitter/fotbollskanal
"Barselona" Ispaniya chempionatining 11-turida "Granada"ga qarshi maydonga tushdi. Kutilmaganda "Granada" kataloniyaliklarga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.
>>> Batafsil.
"Liverpul" mehmonda "Kristan Pelas"ni mag‘lub qildi
Foto: Twitter/Liverpool FC
Angliya Premer-ligasining 10-turida "Liverpul" jamoasi ham navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
>>> Batafsil.
Higuain sobiq jamoasi darvozasiga gol urib "Yuventus"ga g‘alaba keltirdi
Foto: Juventus.com
Italiya A seriyasining 11-tur markaziy uchrashuvida "Yuventus" "Napoli"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
>>> Batafsil.
"Bavariya" "Augsburg"dan, "Bayyer" esa "Volfsburg"dan ustun keldi va qolgan natijalar
Foto: Twitter/FCBayern
Germaniya chempionatining 9-turi doirasidan o‘rin olgan 5ta uchrashuv poyoniga yetadi. "Bavariya" bu turda "Augsburg" mehmoni bo‘ldi.
>>> Batafsil.