Angliyaning eng qadimiy mehmonxonasi Royal Clarence Devon grafligidagi Ekseter şahri markazini qamrab olgan yonğinda butkul vayron böldi. Yonğin ikki kundan beri töxtamayapti, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Şaharning boş savdo köçasi va çerkov örtasidagi yonğin 28 oktabrda ertalab Castle Fine Art nozik san'at galereyasi ostida joylaşgan xonalarda boşlangan. Söngra olov 18-asrga mansub karvonsaroy Well House Tavern’ning sobiq binosiga ötgan. Bu yerda oxirgi yillar kafe joylaşgan bölgan. U yerdan yonğin mehmonxona tomiga ötgan.

Royal Clarence qadimiy şaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangandi. Yonğindan söng uning faqatgina old devori qoldi, biroq u ham qulab tuşişi aytilmoqda.

Ta'kidlanişiça, öt öçiruvçilar yaqin orada yonğinni bartaraf etişadi. Heç kim jabr körmagan, barça odamlar vaqtida evakuatsiya qilinganlar. Yonğin sababi hanuzgaça noma'lumligiça qolmoqda.

Royal Clarence mehmonxonasi 1769 yilda qurilgan va Angliyada mehmonxona maqomini olgan birinçi bino bölgan.