2018 yildan boşlab Amerikaning Red Bull Global Rallycross (GRC) ralli-kross çempionatida elektrokarlar poygalari joriy qilinadi. Bu oddiy tasnifdagi — Supercar va GRC Lite poygalari kabi uikendlarda ökaziladigan alohida bellaşuvlar seriyasi böladi. Bu haqida "Motor" naşri xabar qildi.

Amerika ralli-krossida ikki soniyadan kam vaqt içida "yuz"gaça tezlaşişga qodir 600 kuçga ega avtomobillar qatnaşadi. Poyga elektrokarlarining texnik jihatlari hozirça oşkor etilmadi. 

Red Bull Global Rallycross'ning oltinçi mavsumi sentabr oyida yakunlandi. Bu yilgi çempion Volkswagen Andretti Rallycross jamoasi şarafini Beetle xetçbekda himoya qilgan Skott Spid böldi. Ikkinçi örinni uning şerigi Tanner Faust egalladi. Faust mazkur GRC'ning ikki karra çempioni hisoblanadi. Işlab çiqaruvçilar örni quyidagiça belgilandi: Volkswagen, Ford, Honda va Subaru.

GRC'dan taşqari, FIA şafeligida World Rallycross Championship - ralli-kross böyiça jahon çempionati ham ötkaziladi. Bu yilgi mavsumda birgina Argentinadagi poyga qolgandi, biroq unda muddatidan ilgari ğolib nomi e'lon qilindi - Mattias Ekstrem. U Audi S1'da öz jamoasi uçun iştirok etadi.