O‘zbekiston | 12:22 / 26.10.2018
30460
3 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlik firmalari Umra ziyoratini tashkil etishi mumkinmi?

Foto: AFP

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan brifingda Umraga doir kvota bekor qilinganini e'lon qildi. Qolaversa, endilikda, Haj va Umraga boruvchilarga Makka shahrida 4 yulduzli, Madinada 5 yulduzli mehmonxonalar xizmat qilishini bildirdi. 

Ma'lumki, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlik firmalariga Umra ziyoratini tashkil etishlariga ruxsat berish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita shunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ayrim turfirmalariga Haj va Umra safarlarini tashkil etmaslikni tavsiya etayotgani haqida fikrlar keng muhokama qilinmoqda. 

Video: TasIX

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga doir:

Kun.Uz muxbiri brifingdan so‘ng, Nuriymon Abulhasanga brifingda ko‘tarilgan mavzular, shuningdek sayyohlik firmalarining Haj va Umra safarlarini tashkil etishlariga doir savollar bilan murojaat qildi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosariga ko‘ra, sayyohlik firmalariga ma'lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish yoki shug‘ullanmaslikni talab qilish yoki taqiqlash qo‘mita vakolatiga kirmaydi. Faqatgina, bunda turfirmalar o‘zbekistonliklarning xavfsizligi, sog‘lig‘i, ularning taomlanishi, dam olishiga doir masalalar yuqori saviyada tashkil etilishi zarurligini inobatga olishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Quyida blits-intervyu bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid