O‘zbekiston | 20:17 / 25.10.2018
21587
3 daqiqa o‘qiladi

Umraga voyaga yetmagan oila a'zolari bilan borishga ruxsat berish ustida ish olib borilmoqda

O‘zbekistonda Umraga ziyoratiga balog‘atga yetgan, ammo voyaga yetmagan oila a'zolari, farzandlari bilan borish istagida bo‘lganlarga ham imkoniyat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shu ma'noda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarorigaa o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda. VM huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Kun.Uz muxbiriga bergan blits-intervyusida shu haqda so‘z yuritdi. 

-  Ma'lumki, O‘zbekistonda ota-ona xorijga sayohat qilishda voyaga yetmagan farzandlarini olib chiqa oladi. Bu qonunda taqiqlanmagan. Shu ma'noda, voyaga yetmagan farzandlarini Umra ziyoratiga olib borishni istagan ota-onalarga ruxsat berish, ularga ham imkoniyat taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilmoqdami?

-  Hozirgi mavjud qarorda (VMsining 364-son qarori nazarda tutilmoqda) fuqarolarning yoshi belgilab berilgan. 18 yoshga to‘lgan bemalol Umra ziyoratini amalga oshirishlari mumkin. Siz aytgan masala kun tartibiga chiqib turgan masala hisoblanadi. 

Video: TasIX

Video: YouTube

Hukumat qarori loyihasi ishlanayapti, deb aytdim. Bu bo‘yicha qandaydir bir izlanishlar, o‘rganishlar amalga oshiriladi, albatta. Mavjud qonunchiligimizga zid bo‘lmagan tarzda bu masalani ham tez kunlarda ko‘rib chiqamiz. Bu yerda yana bir masala ham bor. Umra tashkil etilayotgan vaqt farzandlarning o‘quv jarayoniga ta'sir qilmaydigan vaqtga to‘g‘ri kelsa, ta'til davridami, boshqami, uni ko‘rib chiqishimiz mumkin. 

Nuriymon Abulhasanning bildirishicha, Umraga borish istagini bildirgan fuqarolar, o‘zlari doimiy istiqomat qilib turgan mahallariga murojaat qilishadi. Mahalla mutasaddilari ularning ro‘yxatini shakllantirib, VM huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etadi. Shu bilan, hech qanday navbatsiz Umraga borish ta'minlanadi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga oid