O‘zbekiston | 20:47 / 25.10.2018
46402
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yili 3000 o‘zbekistonlik Hajda bepul mehmonxonalarga joylashishlari mumkin

Foto: religions.uz

2019 yilgi Haj mavsumida O‘zbekistondan Haj ibodatini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga boruvchi musulmonlar soni 10 ming kishi qilib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasanning Kun.Uz muxbiriga ma'lum qilishicha, 3000 o‘zbekistonlik hojilar Haj mavsumida bepul mehmonxonalarga joylashtirilishi mumkin. 

“Avvalambor, Umra kvotasining bekor qilinishi musulmonlarimiz uchun juda ham katta xushxabar. O‘zimiz ham to‘lqinlanib turibmiz. Umra masalasidan keyin, navbatdagi Haj mavsumi uchun kvotani 10 ming kishiga chiqarish taklifimiz bo‘ldi. 

Video: TasIX

Video: YouTube

Yana bir xushxabarlarimizdan bittasi shuki, 2018 yilgi Haj mavsumida Movarounnahr vaqf kengashi raisi, doktor Habib bilan ko‘rishdik. O‘shanda, bizlarni ota-bobolarimiz, Al Buxoriylardan qolgan vaqf mehmonxonalari mavjudligi ma'lum bo‘ldi. Ana shu vaqf mehmonxonalarida bugungi kunda 3000 hojilarimizga tekin xizmat ko‘rsatish kutilmoqda. Bu borada muzokaralar olib borilyapti. Bu raqam yildan yilga, 6000, 9000 tarzida ko‘paytirib boriladi. Shu bilan Haj amalini hozirgidan ancha arzon narxlarda bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi”, - dedi Nuriymon Abulhasan Kun.Uz muxbiriga bergan blits-intervyusida. 

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

 

Mavzuga oid