Samarqand shahri hokimi o‘zgardi
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Boburmirzo Obloqulovning o‘rnini egalladi.
Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida e’lon qilindi.

Muqaddam Samarqand shahri prokurori bo‘lgan Obloqulov 2019 yil mayida Samarqand shahri hokimi etib tayinlangandi.
Uning o‘rniga shu vaqtgacha Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Fazliddin Umarov Samarqand shahrining yangi hokimi etib tasdiqlandi.

Fazliddin Umarov 1978 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan 2015 yilgacha Davlat soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-19 yillarda Hisob palatasi bosh inspektori bo‘lgan.
2019-21 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan, 2021 yil 16 yanvardan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari – Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Oldinroq Samarqand viloyati prokurori va IIB boshlig‘i ham o‘zgargandi.
Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Shavkat Rahmonov Namangan viloyatida shu lavozimga o‘tkazilgan, uning o‘rnini Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov egallagandi.
Shuningdek, Samarqand viloyati prokurori Ravshan Masharipov ishdan olinib, uning o‘rniga Namangan viloyati prokurori Jahongir Hotamov olib kelingandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025