Samarqand viloyati hokimligi xabariga köra, Şavkat Rahmonov boşqa işga ötganligi bois viloyat IIB boşliği lavozimidan ozod etildi.

Rahmat Mamatov 1967 yilda Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqşunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. U Qarşi davlat pedagogika instituti hamda IIV akademiyasini tamomlagan.

R.Mamatov Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari, Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, içki işlar vaziri örinbosari, içki işlar vazirining birinçi örinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, Respublika mahallalar kengaşi raisining birinçi örinbosari – “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Rahmat Mamatov 2020 yil fevralidan buyon Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimida işlagan.

Şavkat Rahmonov / Samarqand viloyati hokimligi

2017 yildan 2019 yilga qadar Xorazm viloyati IIB rahbari bölgan Şavkat Rahmonov 2019 yilning iyunida Samarqand viloyatiga «boş militsioner» bölgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.

  • 11 fevral kuni prezident raisligidagi videoselektor yiğilişida Namangan viloyati IIB boşliği, polkovnik Odil Otaxöjayev lavozimidan ozod etilgandi. Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati IIB boşliği Şuhrat Sotvoldiyevga qat’iy ogohlantiriş berilgan, Andijon va Samarqand viloyatlari YHXB boşliqlari işdan olingan.
  • Bundan oldinroq, polkovnik Muhiddin Jörayev Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi. 2019 yil yozidan buyon Farğona viloyati IIBga boşliq bölgan Doniyor Toşxöjayev qaysi işga ötkazilgani haqida ma’lumot yöq.