Özbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan Fazliddin Karimoviç Umarov Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
DSQ matbuot xizmati xabariga köra, F.Umarov 2001 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2005-2006 yili Soliq akademiyasida davlat soliqlari va yiğimlari mutaxassisligi böyiça tahsil olib, magistr darajasini olgan.
U davlat soliq xizmati organlarida 16 yillik mehnat tajribasiga ega bölib, 2006-2015 yillarda Davlat soliq qömitasining turli tuzilmalarida bölim boşliği, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Şuningdek, 2015-2017 yillarda Moliya vazirligining Soliq va bojxona-tarif siyosati boşqarmasida şö'ba mudiri bölib işlagan.
Fazliddin Umarov 2017 yildan şu kungaça Hisob palatasining Qöşimça daromad manbalarini aniqlaş va xarajatlarni tahlil qiliş axborot-tahlil şö'basi boş inspektori lavozimida işlab kelayotgan edi.
Bundan oldin, Abdulla Azizov Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.








