Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
F.Umarov 2019 yil sentyabrdan buyon Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgandi. Umarov 2001 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2005-2006 yili Soliq akademiyasida davlat soliqlari va yiğimlari mutaxassisligi böyiça tahsil olib, magistr darajasini olgan.
U davlat soliq xizmati organlarida 16 yillik mehnat tajribasiga ega bölib, 2006-2015 yillarda Davlat soliq qömitasining turli tuzilmalarida bölim boşliği, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Şuningdek, 2015-2017 yillarda Moliya vazirligining Soliq va bojxona-tarif siyosati boşqarmasida şu'ba mudiri bölib işlagan.
Fazliddin Umarov 2019 yil sentyabrgaça Hisob palatasining Qöşimça daromad manbalarini aniqlaş va xarajatlarni tahlil qiliş axborot-tahlil şu'basi boş inspektori lavozimida işlagan.
U yangi lavozimda DSQ raisining birinçi örinbosari ham hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Kadastr agentligi sobiq rahbari Xalilillo Töraxöjayev sud tizimiga ötkazilgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan böşatilgani haqida xabar berilgandi.








