Samarqand şahar hokimi Boburmirzo Obloqulov öz vazifasidan ozod etildi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida e’lon qilindi.

Muqaddam Samarqand şahri prokurori bölgan Obloqulov 2019 yil mayida Samarqand şahri hokimi etib tayinlangandi.
Uning örniga şu vaqtgaça Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari – qömita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida işlab kelgan Fazliddin Umarov Samarqand şahrining yangi hokimi etib tasdiqlandi.

Fazliddin Umarov 1978 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan. 2001 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan 2015 yilgaça Davlat soliq qömitasida turli lavozimlarda işlagan. 2017-19 yillarda Hisob palatasi boş inspektori bölgan.
2019-21 yillarda Davlat soliq qömitasi raisining örinbosari bölgan, 2021 yil 16 yanvardan DSQ raisining birinçi örinbosari – Kadastr agentligi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
Oldinroq Samarqand viloyati prokurori va IIB boşliği ham özgargandi.
Samarqand viloyat IIB boşliği Şavkat Rahmonov Namangan viloyatida şu lavozimga ötkazilgan, uning örnini Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov egallagandi.
Şuningdek, Samarqand viloyati prokurori Ravşan Maşaripov işdan olinib, uning örniga Namangan viloyati prokurori Jahongir Hotamov olib kelingandi.







