Rahimjon Hakimov prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi
U yana Ruslanbek Davletovga o‘rinbosarlik qiladi.
Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Rasuljonovich Hakimov O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Rahimjon Hakimov 1983 yil Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2003 yilda Namangan davlat universiteti, 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi.
Prezident huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida ishlagan. 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. 2015 yildan 2017 yilga qadar Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan, 2017 yilda parlament huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktoriga aylangan, 2018 yildan parlamentning quyi palatasi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
2019 yil sentabrida adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanadi. 2021 yil iyulidan buyon Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabr oyi o‘rtalarida 2017 yildan buyon adliya vaziri bo‘lib kelgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024