Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni E-aktiv'ga majburiy ravishda jalb qilish amaliyoti 2024 yil 1 aprelgacha kechiktirildi. Tovar moddiy boyliklarni ochiqlashni talab qiladigan bu tizimdan foydalanish majburiy bo‘lishi bungacha ham bir necha bor kechiktirilgan.
Tadbirkorlarning E-aktiv tizimidan ixtiyoriy foydalanishi 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi.
Bu 14 iyunda qabul qilingan “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-Aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi.
E-Aktiv haqida
E-Aktiv axborot tizimi tadbirkorlarning tovar-moddiy aktivlari, xususan omborlardagi mahsulotlar kirim-chiqimi va qoldig‘ini soliq organlariga ochiqlashni nazarda tutadi.
2021 yildagi hukumat qaroriga ko‘ra, tizim 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi. Biroq bu tadbirkorlar va buxgalterlarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ularga ko‘ra, barcha tovar-moddiy boyliklarni tizimga kiritish qiyin ish va bu biznes uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni vujudga keltiradi.
Hujjat Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi borasida xulosa berganiga qaramay qabul qilingan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘sha paytdagi raisi, ayni paytda iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev E-aktiv atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirib, bu yangilikdan noroziliklar ortida “intizomli bo‘lmagan soliq to‘lovchilar turibdi” deb hisoblashini aytgandi.
Ammo e’tirozlardan keyin tizimni majburiy qo‘llash 2023 yil 1 martgacha kechiktirildi.
2023 yilning mart oyida esa Soliq qo‘mitasi muddat 2024 yilgacha uzaytirilganini ma’lum qildi.
Shunday qilib, iyun oyidagi prezident qaroriga muvofiq, E-aktiv'dan foydalanish 2024 yil 1 aprelgacha majburiy emas. Tadbirkorlar tizimdan ixtiyoriy foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
18:49 / 06.06.2026
“6 foizlik QQSga avtomatik o‘tilmaydi” - yangi soliq tartibotiga ekspertlar sharhi
14:11 / 03.06.2026