Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Toshpo‘latov IIVning yangi rahbari bo‘ldi
Po‘lat Bobojonov o‘rniga Aziz Toshpo‘latov yangi ichki ishlar vaziri bo‘ldi. U bunga qadar Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Aziz Anvarovich Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni imzolangan.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, general-mayor A.Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Aziz Toshpo‘latov 1978 yilda tug‘ilgan, muqaddam Namangan viloyati IIB (2015–2017), Samarqand viloyati IIB (2017–2019), ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari (2019–2020) kabi lavozimlarda ishlagan, 2020 yil martida Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
2021 yil yanvarida O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan «general-mayor» maxsus unvonini olgan.
U IIV rahbari lavozimida 2017 yil sentabridan buyon ishlab kelgan Po‘lat Bobojonovni almashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrida O‘zbekistonning qator kuchishlatar tuzilmalarida rahbarlar almashgandi – dastlab DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olinib, uning o‘rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov o‘tkazilgandi. O‘z navbatida, mudofaa vazirligi rahbarligiga Shuhrat Xolmuhammedov kelgandi.
Bu o‘zgarishlar prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq ekani aytilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Ahrorjon Adhamov hamda Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov ham ishdan olingan. Keyinroq Doniyor Toshxo‘jayev Allamjonovga suiqasd ishida ayblanib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
13:51 / 11.12.2025
IIV va FIA O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka kelishdi
09:28 / 11.12.2025
IIV va Huawei ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlashda yuqori texnologiyalarni qo‘llashga kelishib oldi
08:47 / 10.12.2025
Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi
16:13 / 09.12.2025