19 Aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangani va ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshgani, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.

17 Aprel

Buxoroda Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, yoshlarning bandligini ta'minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 2021 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. 

16 Aprel

Buxoro viloyatining Jondor va Kogon tumanlarida 120 hamda 90 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshladi. 

15 Aprel

Buxoro viloyati Vobkent tumanida «E-IJRO AUKSION» orqali sotib olingan yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun firibgarlik qilgan mutasaddi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

13 Aprel

Buxoro shahrida tadbirkorlardan biriga ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlagan korxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulni o‘tkazib berishda «haq» olgan mansabdor ushlandi.

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining bo‘lib o‘tgan XXXVIII sessiyasida deputatlar tomonidan Buxoro shahridagi Alpomish ko‘chasining nomini O‘ktam Barnoyev nomiga o‘zgartirish taklifi ma'qullandi.

Buxoro viloyat hokimligida finlandiyalik jahonga mashhur tadbirkor Piter Vesterbaka bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ta'lim sohasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

10 Aprel

Viloyatning cho‘l hududlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gazokondensat o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi.

Buxoro viloyatida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

9 Aprel

Buxoro viloyatining Kogon shahri va Peshko‘ tumanida ham fuqarolarni Covid-19'ga qarshi emlash yo‘lga qo‘yildi. Kecha, 8 apreldan har ikki hududda emlash tadbirlari boshlangan. 

8 Aprel

Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Buxoro shahar Xalq ta'limi bo‘limi rahbariga shahardagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabida darslarni onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha tavsiya xati yubordi.

Hukumatning tegishli qarori bilan Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. 

Ko`proq yangiliklar
Top