Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) XJS prokurori Karim Xonning Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order beriş haqidagi sörovi böyiça qarorni keyinga qoldirdi. Bu haqda 28 iyun, juma kuni Isroilning The Jerusalem Post naşri xabar berdi.

Keçikiş sababi şundaki, Britaniya «sudning dösti» sifatida XJS Isroilga nisbatan yurisdiksiyasi yuzasidan izoh beriş uçun ariza topşirgan. XJS uşbu sörovni qondirdi va boşqa mamlakatlarga oldindan kuzatişlarini taqdim etiş huquqini berdi. XJS hay’ati Britaniyaga bunday huquqni beriş qarori «boşqa sörovlarga olib kelişi mumkin» degan qarorga keldi. 

Britaniya sörovi va boşqa şunga öxşaş sörovlar 12 iyulgaça topşirilişi kerak. Londondan kelgan izohlar sudning dastlabki tergov palatasi a’zolari tomonidan körib çiqiladi. Sud qaroriga köra, mulohazalar ham, ular atrofidagi bahs-munozaralar ham ommaga e’lon qilinişi mumkin, garçi hibsga oliş uçun order beriş tartibi odatda sir saqlanadi. 

The Jerusalem Post ta’kidlaganidek, hibsga olişga order berişning butun jarayoni bir neça oyga «osonlik bilan çözilişi» mumkin. 

Sud qarori HAMAS harakati yetakçilarini hibsga oliş uçun order berişning keçiktirilişini ham anglatadimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum. 

Isroil va AQŞ XJS qarorini qoraladi 

XJS boş prokurori Karim Xon 20 may kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant hamda HAMASning uç yetakçisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Haniyani hibsga oliş uçun order berişni talab qildi. Xonning sözlariga köra, ularning barçasi uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun javobgardir.

Isroil boş vaziri XJS prokurorining sörovini «mojaroli» deb atadi va bu özini ham, mamlakatini ham «töxtata olmasligini» bildirdi. AQŞ prezidenti Jo Bayden XJS qarorini «ğazabnok» deb baholadi. Isroil ham, AQŞ ham XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.