Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi boşliği Buxoro şahar Xalq ta'limi bölimi rahbariga şahardagi 3-umumiy örta ta'lim maktabida darslarni onlayn rejimga ötkaziş böyiça tavsiya xati yubordi.
Unda ta'kidlanişiça, uşbu maktab öquvçilaridan birida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Kasallikka çalingan öquvçining akasi ham mazkur maktabda ta'lim olişi ma'lum qilingan.
«Umumta'lim maktabida koronavirus infeksiyasi keng tarqalib ketişining oldini oliş, epidemiologik zanjirni uzib qöyiş, öquvçilarning alohidalanişini ta'minlaş maqsadida öquv tizimini maxsus körsatma bölganga qadar onlayn rejimga ötkaziş taklif qilinadi», — deya ta'kidlangan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi boşliğining xatida.
Viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, uşbu maktab bugundan karantinga töliq yopilib, darslar onlayn rejimga ötkazilgan.












