Buxoro viloyatida tuman hokimligi zaxirasida bölgan yer maydonini sotayotgan şaxs qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Buxoro viloyati huquqni himoya qiliş organlari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, R.S. ismli şaxs fuqaro M.X.ning işonçini suiiste'mol qilib, unga Buxoro tuman hokimligi zaxirasidagi yerni sotayotganda uşlangan.
Qayd etilişiça, R.S. fuqaro M.X.ga Buxoro tumani hokimligi zaxirasida bölgan, qişloq xöjaligida foydalaniladigan 15 sotix yer maydonini 13.500 AQŞ dollarga sotişga kelişib, Buxoro şahrida joylaşgan «Markaziy dorixona» oldida kimyoviy işlov berilgan 13.500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan R.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda fermerning öğli otasiga tegişli yerni sotayotganda uşlandi
Surxondaryoda kanalning muhofaza maydonidagi yerni 75 million sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi











