Bugun, 29 iyun kuni Toşkent şahri havosi ifloslanişi böyiça xalqaro miqyosda 4-öringa çiqdi. Havo tarkibidagi zaharli zarraçalar 160 mkg/m3’ni taşkil etgan. Zaharli zarraçalarning asosiy qismi PM2.5 – 68mkg/m3’ni körsatgan. Bu JSST belgilagan me’yordan qariyb 14 martaga köp.


Kun.uz qöşimça ma’lumot oliş uçun Özgidromet matbuot xizmati bilan boğlandi. Nigora Toşxöjayeva bergan ma’lumotga köra, Toşkentda bugun soat 5:00 da onlayn stansiyalar PM 2,5’ning 81,94 mkg/m3 bölganini körsatgan. Bu Sanepid ruxsat bergan me’yor (35 mkg/m3)dan 2,34 marta oşgan degani.
Özgidromet ma’lumotiga köra, Özbekistonda ifloslantiruvçi moddalar miqdori SanQvaN 0053-23 ruxsat etilgan me’yorlari bilan ölçanadi. Unga 2024 yil 27 mayda mayda dispersli zarraçalar PM 2,5 konsentratsiyasi böyiça özgartiriş kiritilgan. Unga köra, Özbekiston hududida PM 2.5 zarraçalarining ruxsat etilgan me’yori 35 mkg/m3’ni taşkil etadi. Bunga qadar JSST tasdiqlagan me’yor (5 mkg/m3)ga köra ma’lumot berib kelinar edi.

Şuningdek, Nigora Toşxöjayeva xalqaro stansiyalar va Özgidromet stansiyalari körsatkiçlari örtasida farq borligini, ular doim ham bir biriga mos kelmasligini ma’lum qildi. U zaharli zarraçalarning me’yordan oşişiga yoğingarçilik bölmayotgani va meteoşaroitlar ta’sir körsatayotganini qöşimça qildi.












