Xalq deputatlari Buxoro şahar kengaşining bölib ötgan XXXVIII sessiyasida deputatlar tomonidan Buxoro şahridagi Alpomiş köçasining nomini Öktam Barnoyev nomiga özgartiriş taklifi ma'qullandi.
Şuningdek, sessiyada şaharning Ğijduvon köçasini Karim Kamolov nomi bilan ataş töğrisidagi taklif qöllab-quvvatlandi.
Öktam Barnoyev 2016 yilning dekabridan 2020 yil fevraligaça Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U koronavirusdan davolanib çiqqanidan söng insult kuzatilgan, şundan keyin u davolaniş va boş miyasida jarrohlik amaliyotini ötkaziş uçun Germaniyaga olib ketilgan va öşa yerda davolaniş vaqtida olamdan ötgandi.
Karim Kamolov esa 2017 yil Buxoro viloyati Buxoro şahar hokimi lavozimiga tayinlangan. 2020 yil fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçisi sifatida iş boşlagandi.












