11 Iyun

Jizzax shahar hokimining qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

10 Iyun

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yuk ortish qoidalarini buzib harakatlanayotgani uchun YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan haydovchilar M39 xalqaro avtomobil yo‘lini yopib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda .

3 Iyun

Jizzax shahrida qoida buzgan haydovchi bilan muloqot davomida o‘zini nosamimiy tutgan va uni so‘kkan YPX xodimi ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Jizzax shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida kichik yuk mashinasi haydovchisi gaz quyish shlangini uzmasdan harakatlangan. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, mashina to‘liq yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

2 Iyun

Kuni kecha respublikaning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida 18-23 m/s tezlikda kuchli shamol esishi kuzatildi. Buning natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetgan.

31 May

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xayrobod mahallasida yashaydigan 2 yoshli Xadichaning sog‘ligida muammolar kuzatilib, uning bosh qismida suv yig‘ilishni boshlagan. Ko‘zlarining ko‘rish darajasi 65 foiz bo‘lib qolgan.. Uning davolanishi uchun saxiy hamyurtlarimizning moddiy va ma'naviy yordami kerak bo‘lib turibdi.

29 May

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqarolardan biriga 42 million so‘m evaziga yer olib berishni va'da qilgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

27 May

Davlat xaridlari masalasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar yuzasidan Andijon, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 14 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma'lum qildi.

Jizzax viloyati Yangiobod tumanida joylashgan tog‘li hududda yong‘in chiqib, 15 gektar maydondagi quruq o‘t, shox-shabba va daraxtlar yonib ketgan. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

25 May

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida aholi uchun mo‘ljallangan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib ohak ishlab chiqargan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

21 May

Jizzax shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan mashina o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir mashina bilan to‘qnashgan. Oqibatda bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay qochib ketgan Kobalt mashinasi haydovchisi va unga «yordam»ga kelgan do‘stlari sud hukmiga ko‘ra, 10 sutka ma'muriy qamoq jazosini olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top