Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida fuqarolardan biriga 42 million söm evaziga yer olib berişni va'da qilgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda, fuqaro X.Q. fuqaro Ş.ning işonçiga kirib, unga Şarof Raşidov tumani hokimligi zaxirasida bölgan 24 sotix yer maydonini olib berişni va'da qilib, evaziga 42 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.