Jizzax şahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida kiçik yuk maşinasi haydovçisi gaz quyiş şlangini uzmasdan harakatlangan. Oqibatda yonğin kelib çiqib, maşina töliq yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 30 may kuni soat taxminan 9:00 da Jizzax şahri Zilol mahallasi hududida joylaşgan Trans energo oil MÇJ ga qaraşli avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida kiçik yuk avtomaşinasida yonğin yuzaga kelgan.

Jizzax şahrida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan haydovçi «Dong feng» rusumli kiçik yuk maşinasiga gaz töldiriş vaqtida maşinaga ulangan gaz şlangini uzmasdan harakatlangan. Oqibatda yonğin kelib çiqib, maşina töliq yonib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa tufayli heç kim jarohat olmagan. Maşina esa yaroqsiz ahvolga kelgan. Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Jizzax şahar IIO FMB hamda viloyat FVB tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.