Jizzax şahar hokimining qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirmoqçi bölgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy daromad orttiriş uçun özgalarning işonçiga kirib, firibgarlik qilgan fuqaro Ş.B. uşlangan.

Qayd etilişiça, Ş.B. fuqaro B.ga Jizzax şahar hududida xususiy ta'lim muassasasi quriş uçun 20 sotix yer maydoni ajratiş haqidagi şahar hokimi qaroriga Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestni tanişlari orqali bekor qildirib, uning nomiga qayta hujjatlaştirib beriş xizmati uçun 2 500 AQŞ dollari söragan. Söng, şundan avans tariqasida 5 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.