Yevropa çempionatida 1/8 finalning navbatdagi öyinlari ötkazildi. Quyida har kungi dayjestda kunning asosiy voqealari haqida.
Fransiyaga yana avtogol yordam berdi

Fransiya – Belgiya 1:0
Gol: 1:0 – 85, avtogol Vertongen.
Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Rabio, Tçuameni, Grizmann, Tyuram (Kolo-Muani, 62), Mbappe.
Belgiya – Kastels, Kastan (de Ketelare, 88), Vertongen, Fas, Teate, Karrasko (Lukebakio, 88), de Bryuyne, Onana, Lukaku, Openda (Mangalya, 63), Doku.
Ogohlantirişlar: Tçuameni (14), Grizmann (23), Rabio (24), Vertongen (76).
Guruh bosqiçini kutilganidek kötarinki ruhda ötkaza olmagan fransuzlardan pley-offda nihoyat töliq kuç bilan harakat qilişni kutgandi. Ammo Deşam jamoasi hozirça yorqin futbolsiz ham yurişini davom ettirmoqda.
Fransiya bu bosqiçda Belgiyani minimal hisobda mağlub etdi (1:0) va Yevroning çorakfinal bosqiçiga ötdi. Jamoa 85-daqiqada ğalabani ilib ketdi — öyindagi yagona gol Kolo Muanining zarbasini qaytarişga uringan Yan Vertongenning oyoğidan «qizil iblislar» darvozasiga borib tuşdi. Belgiyalik himoyaçining avtogoli — turnirdagi töqqizinçisi. Oldingi Yevropa çempionatida örnatilgan rekordgaça yana ikkita qoldi.
Bu avtogol turnir davomida Fransiya raqiblari darvozasiga urilgan uçinçi gol böldi: şundan birortasi öyindan urilmagan. Guruh bosqiçining birinçi turida avstriyaliklar himoyaçisi Maksimilian Veber öz darvozasini işğol etib qöygandi. Ikkinçi turda fransuzlar Niderlandiya darvozasiga yöl topolmadi (0:0). Polşa bilan öyinda esa Mbappe penaltini aniq ijro etdi (1:1).
Fransuzlar belgiyaliklar darvozasi tomon 20 bor zarba yölladi va şundan faqat ikkitasi darvoza sohasiga töğri bordi. «Qizil iblislar»da ham ikki zarba darvoza sohasiga töğri borgan, ammo bunga beş urinişda erişilgan. Yevro boşidan buyon tört öyinda «Uçranglilar» jami 66 zarba yöllagan, şundan 16 tasi darvoza sohasiga töğri borgan — ammo hamon öyindan gol urilmayapti.
Fransuzlar endi 5 iyul kuni çorakfinal öyinida öz kuçi bilan gol urişga urinib köradi. Bu bosqiçda jamoaga Portugaliya — Sloveniya juftligi ğolibi raqib böladi.


























