21 Sentabr

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida «Navqiron», «Nurafshon», «Mustaqillik», «Iftixor», «Do‘stlik» nomli yangi MFYlar tashkil etilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga xalq deputatlari Qiziltepa tumani kengashining mazkur masalaga tegishli qarori loyihasi joylashtirildi. 

Navoiyda samarqandlik ikki fuqaro farzandini 85 mln so‘mga sotayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

19 Sentabr

Ko‘pchilik Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asarini o‘qigan, hech bo‘lmasa ushbu asar asosida suratga olingan filmni ko‘rgan.

18 Sentabr

Bugun, 18 sentabr kuni Navoiy shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 64-uyning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 26 yoshli yigit vafot etgani aytilmoqda.

17 Sentabr

Navoiy viloyatining Karmana tumanida avgust oyida 125 596 metr kub tabiiy gaz noqonuniy sarf qilingan va bundan ta'minot korxonasi 108 mln so‘m moddiy zarar ko‘rgan. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.  

14 Sentabr

Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri marmarlari bilan bir qatorda sangtarosh ustalari bilan ham mashhur. Ulardan biri O‘zbekistondagi ko‘plab tarixiy obidalarni ta'mirlashga o‘z hissasini qo‘shgan Tohir Rahimovdir. Bugun uning ishini farzand va shogirdlari davom ettirib kelyapti.

13 Sentabr

Navoiy viloyatida muqaddas qadamjolar, shahar-tumanlar tarixi va buguni, yirik korxonalar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davr qahramonlarihaqida so‘zlovchi 30 ta kitob nashrdan chiqdi. Bu haqda Kun.uz’ga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi xabar berdi. 

10 Sentabr

Nurota tumani markazidan 120 km uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i so‘lim tabiati bilan sayyohlar e'tiboriga tushgan. O‘zining qadim tarixini saqlab qolgan, tog‘lar orasida joylashgan ushbu qishloqda hayrat bilan tomosha qilish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p.

9 Sentabr

Xatirchi tumanining Oltinsoy va Chilash qishlog‘ida noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi “tillachilar” kon talashib, o‘zaro janjallashib qolishdi. Kelishmovchilik ikki guruh bir-birini toshbo‘ron qilishgacha borgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro arxeologlar Qizilqumda avvallari fanga ma'lum bo‘lmagan dinozavr turini aniqlashgani haqida xabar berilgandi.Uchquduq tumanidagi Jaraquduq hududidan qazib olingan dinozavr suyaklari kanadalik olimlar va Yaponiyaning Nagoya universiteti paleontologlari tomonidan to‘liq o‘rganilib, baho berildi, deya yozmoqda Daily Mail. 

8 Sentabr

Moliya vazirligining «Ochiq budjet» axborot portaliga Navoiy viloyatida uchrayotgan kamchiliklar yechimiga mahalliy budjetdan pul ajratish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan 39 ta taklif tasdiqlandi.

Bitiruvchilarning OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi hududlar, viloyat va tuman, maktablar kesimida tahlil qilinib, turli reytinglar e'lon qilinadi. Bitiruvchilari 100 foiz talaba bo‘ldi, degan baho har bir maktab uchun yuksak e'tirof, albatta. Biroq bu e'tirofga ham yolg‘on aralasha boshlagani achinarli.

Ko`proq yangiliklar
Top