Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“San'at asarlari sabrdan yaraladi” – sangtarosh usta
Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri marmarlari bilan bir qatorda sangtarosh ustalari bilan ham mashhur. Ulardan biri O‘zbekistondagi ko‘plab tarixiy obidalarni ta'mirlashga o‘z hissasini qo‘shgan Tohir Rahimovdir. Bugun uning ishini farzand va shogirdlari davom ettirib kelyapti.
Tohir Rahimov birinchi o‘zbek sangtaroshi, 1937 yilda millat ziyolilari qatorida qatag‘on qilingan Abdurahim usta Turdiyevning nabirasidir. Ushbu sulolada sangtaroshlik avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
“20 yildan buyon shu ish bilan mashg‘ulman. Ajdodimiz sangtaroshlik bilan shug‘ullangan, biz ham shu yo‘ldan ketyapmiz. Toshga mehr bersangiz, aytgan narsangiz chiqadi. Ustunlar, panjaralar, sovg‘a uchun tovoqlar yasaymiz. Xullas, marmarga jilo beramiz. Ham amakim, ham ustozim Tohir Rahimov bilan O‘zbekistonning ko‘plab tarixiy obidalarida ishlaganmiz. Marmarning mehnati asosan sabrda. Har qanday san'at asari sabrdan yaraladi”, — deydi sangtarosh Muxlis Rahimov.

Ustaning ta'kidlashicha, bu ishda xato qilib bo‘lmaydi. Chunki, marmar qazib olinib, ustaxonaga keltirilishidan to tayyor mahsulot holiga kelguncha bo‘lgan jarayonlar alohida e'tibor talab qiladi. So‘nggi lahzalarda tosh uchsa yoki yorilsa, kunlab qilingan mehnat zoye ketadi.


Tohir Rahimovning G‘ozg‘on shahridagi mo‘'jaz ustaxonasida marmardan yasalgan ko‘plab san'at asarlari, ustun va bezaklar bugun muhtasham binolarni, tarixiy maskanlarni bezab turibdi. Ushbu ustaxona sangtaroshlik bo‘yicha o‘ziga xos maktabga aylangan.


Mavzuga oid
12:57 / 06.11.2025
Navoiy viloyatida noqonuniy marmar qazib olish: zarar 339 mln so‘mga baholanmoqda
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
08:44 / 21.06.2024
Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi
15:34 / 24.04.2024
