Sentob Navoiy viloyatining turizm qişloqlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda keyingi yillarda sayyohlar uçun mehmon uylari taşkil etilib, hududning diqqatga sazovor joylariga turistik marşrutlar tuzildi.



Baland toğlar, tik qoyalar qişloqning tabiatiga özgaça gözallik bağişlagan. Mazkur qoya toşlarda V-VI asrlarga oid petrogliflarni, XI-XVIII asrlarga oid toşga öyilgan yozuvlarni köriş mumkin. Şuningdek, toğ tepasida köhna qörğon qoldiqlari bor. Mahalliy aholining aytişiça, uşbu qörğonda yaqin yillargaça insonlar istiqomat qilgan.

3 ming nafarga yaqin aholi yaşaydigan qişloqning asosiy içimlik suv manbai “Ako” çaşmasi hisoblanadi. Suvi sira kamaymaydigan uşbu çaşma ança çuqurda joylaşgan. Unga söqmoq yöl orqali tuşib boriladi. Odamlar eşaklar yordamida çaşmadan suv taşib ketişadi.


“Keyingi yillarda qişloğimizga Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Avstraliya, Şveytsariya, Belgiya kabi davlatlardan sayyohlar oqimi köpaydi. Ular tarixiy joylarimizni körib, toğ marşrutlariga borişadi. Hududimizda qadimiy joylarimiz köp. Buloqlarimiz, köllarimiz, şarşaralarimiz, toğ tepasida qörğon qişloğimiz bor. Sayyohlar asosan şularni tomoşa qilişadi”, — deydi “Guest House Mutabar’S” mehmon uyi rahbari Şodiboy Boboyev.

Sentobning eng diqqatga sazovor joyi dengiz sathidan 1 644 metr balandlikda, toğlar ustida joylaşgan Fozilmon kölidir. Uning uzunligi 300, kengligi 150 metr.















