Navoiy şahrida ötkazilgan “Yangi Özbekiston yoşlari, birlaşaylik” şiori ostidagi yoşlar festivalida turli sohalarda yuqori natijalarga erişgan yoşlar qimmatbaho sovğalar bilan munosib taqdirlandi. 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi, çin yetim, ota-ona qaramoğidan mahrum yoşlarga esa kvartira berildi.

Uç kun davom etgan festival doirasida “Zamonamiz qahramonlari” bilan uçraşuvlar, “Biznes sayohat”, “Yoşlar teatr studiyalari” tomoşalari, şe'riyat keçalari, “Yoş kitobxon oila ”, “Yoş oşpaz”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi köngiloçar tadbirlar, stol tennisi, voleybol, gandbol, minifutbol va velosport böyiça sport musobaqalari, robototexnika va innovatsion işlanmalar körgazmalari kabi 50dan ortiq turli loyihalar ötkazildi.

Festival yakunida tengdoşlariga örnak bölayotgan navoiylik yoşlar taşakkurnoma va qimmatbaho sovğalar, pul mukofotlari bilan taqdirlanişdi. 

Jumladan, “Tokio 2021” olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritgan gimnastikaçilar Sevara Safoyeva va Nilufar Şomurodovaga 50 million söm, sportning oğir atletika turi böyiça jahon çempioni Kumuş Fayzullayevaga “Spark”, erkin kuraş turi böyiça qator yutuqlarni qölga kiritib kelayotgan Bekzod Abdurahmonovga “Neksiya”, “Navoiylik yoş navoiyxonlar” körik tanlovi ğolibasi Lobarxon Jalolovaga “Spark” avtomaşinasi, 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga esa ikki xonalik kvartira kalitlari topşirildi.